Линклар

logo-print

"NASHI"chilar kimga yordam berdi?


"NASHI" harakati a'zolari "Domodedovo" aeroportida "metrogacha bepul eltib qo'yamiz" yozuvli plakatlar bilan.

"NASHI" harakati a'zolari "Domodedovo" aeroportida "metrogacha bepul eltib qo'yamiz" yozuvli plakatlar bilan.

LiveJournal.com bloggerlar saytining taniqli bloggerlaridan biri Anton Nosik Rossiyadagi "NASHI" harakati a'zolarini "Domodedovo" xalqaro aeroportida yuz bergan hudkush portlashda o'zlariga arzon reklama qilganlikda aybladi.

Nosikning o'z blogida yozishicha, portlash sodir etilganidan ko'p o'tmay "NASHI" harakati a'zolari "Domodedovo" aeroportiga xizmat mashinalarida kelib, aeroportdan ketayotgan odamlarni metrogacha bepul eltib qo'yishni qo'llarida plakatlar bilan taklif qilishgan.

Biroq, yozadi Anton Nosik, NASHI vebsaytiga qo'yilgan suratlar harakat a'zolarining asl maqsadi boshqa bo'lganligini ko'rsatadi. Chunki "metrogacha bepul eltamiz" yozuvli qog'ozlarni ushlab suratga tushgan NASHI'chilar aeroportning qo'nish emas, balki uchish terminalida turishgan.

- Shu bois ular metrogacha bepul eltib qo'yish yordamini suratchi va uchib ketayotgan odamlarga taklif qilishgan. Harakatning vebsahifasida esa yordam ko'rsatilgan odamlarning suratlari yo'q, deydi Anton Nosik o'z blogida.

24 yanvar kuni Moskvaning "Domodedovo" xalqaro aeroportida ro'y bergan portlashda 35 kishi nobud bo'ldi, 110 kishi yaralandi.
Blogger Anton Nosikning aytishicha, u yozgan maqoladan so'ng "NASHI"chilar harakatning a'zolari uyushtirgan yordam haqidagi yangilikni harakat vebsahifasidan olib tashashgan. Chunki yangilikda qo'yilgan suratlar "NASHI"chilar uchish terminalida turishganini yaqqol ko'rsatib qo'ygan. Keyinroq esa yangilik qaytatdan boshqa suratlar bilan qo'yilgan.

"NASHI" saytining Nosikning blogiga javoban yozishicha, ular portlash yuz bergan kuni 100ga yaqin odamni "Domodedovo" xalqaro aeroportidan metrogacha bepul eltib qoyishgan. Portlash sabab qo'nish terminali ishlamaganligi bois, qo'ngan yo'lovchilar uchish zonasi orqali chiqishga majbur bo'lishgan. Shu bois harakat a'zolari uchish terminalida turishgan, deyiladi "NASHI" vebsahifasida.

Anton Nosikning "NASHI" harakatining "yordami" haqida yozgan maqolasi mushtariylar tarafidan bir yarim mingga yaqin sharx to'pladi.

Eslatamiz, "NASHI" harakatiga har yili Rossiya davlati byudjetidan katta miqdorda pul ajratiladi va harakat prezident mamuriyatiga yaqin bo'lgan siyosatchilar tarafidan boshqariladi.
XS
SM
MD
LG