Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:49

Bi-Bi-Si Jahon hizmatidagi qisqartirishlar o‘zbek xizmatiga ham ta‘sir qiladi


"Bi-Bi-Si" o‘zbek xizmatning sakkiz xodimi, jumladan Londondagi uch prodyusseri ishidan ayrilishi mumkin.

Bu haqda "Bi-Bi-Si" mulozimlaridan biri "Ozodlik"ga bildirdi.

Lekin, bu qisqartirishlar "Bi-Bi-Si"ning o‘zbek tilidagi efir vaqtiga qanday ta‘sir qilishi noma‘lum.

Avvalroq, "Bi-Bi-Si" Jahon xizmati o‘z xodimlarining 25 foizidan ko‘prog‘ini qisqartirishini, ikki yarim mingga yaqin ish o‘rnining 650taga yaqini kelasi uch yil ichida yopilishini e‘lon qilgan edi.

Bundan oldin Britaniya hukumati "Bi-Bi-Si" Jahon Xizmatini moliyalashni 16 foizga kamaytirishini bildirgandi.

Bu qisqartirishlar Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ajratadigan mablag‘ning kamaygani bois qo‘yilayotgan majburiy qadamdir,- deb aytgan "Bi-bi-si" Jahon hizmati bosh direktori Piter Horroks.

"Bi-Bi-Si" o‘zbek xizmati 1994 yildan boshlab eshittirishlar berib keladi. Hozir "Bi-Bi-Si" o‘zbek xizmati London ofisida 10 nafar prodyusser ishlaydi.
XS
SM
MD
LG