Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:33

O'zbekistonda yangi "delovoy" ijtimoiy tarmoq ishga tushdi


MyJob.uz tarmog'ining logosi.
MyJob.uz tarmog'ining logosi.
Internet foydalanuchilarning soni 7,4 millionga yetgan O'zbekistonda yangi "delovoy" ijtimoiy tarmoq ishga tushdi.

Tarmoqning nomi MyJob.uz bo'lib, u foydalanuvchilariga o'z mehnat sahifasini ochish va ish izlash yoki taklif qilish imkoniyatlarini beradi.

Agar siz ish izlayotgan bo'lsangiz, MyJob.uz saytida ro'yxatdan o'tgandan so'ng saytda taklif qilingan vakansiyalar bilan tanishishingiz mumkin. Yoqib tushganiga esa saytdan chiqmasdan turib "hujjatlaringizni", ya'ni o'z mehnat sahifangizdagi ma'lumotlarni topshirishingiz mumkin.

Sizing mehnat sahifangizda esa qayerda, qachon va kim bo'lib ishlaganingiz haqida ma'lumot qoldirishingiz so'raladi. Agar sizning mehnat sahifangiz ish taklif qilgan tarafga yoqib tushsa, ular siz bilan sayt orqali bog'lanishadi.

Sayt tashkilotchilarining aytishicha, ular ko'zlagan maqsad - ish izlayotgan mutahassislar bilan ish beruvchining o'rtasidagi tezkor tarmoq bo'lish.

Aytib o'tish joiz, G'arb mamlakatlarida bunday saytlar juda mashhur. Ulardan biri Linkedin.com saytidir.
XS
SM
MD
LG