Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:33

Asqarov endi 8 fevralni kutadi


 Azimjon Asqarov O‘sh qirg‘inida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Azimjon Asqarov O‘sh qirg‘inida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Qirg‘iziston Oliy sudi 27 yanvar kungi majlisida O‘sh qirg‘inida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov va u bilan birga ozodlikdan mahrum etilganlarning apellyatsiya tartibidagi shikoyat arizasini ko‘rish jarayonini 8 fevralga ko‘chirdi.

Bunga Oliy sud tomonidan Azimjon Asqarov ishi yuzasidan advokatlar bildirgan e‘tirozlarning qabul qilinishi sabab bo‘ldi. Mazkur ishni Oliy sud 26 yanvar kuni ko‘ra boshlagan edi.

Jalolobod viloyat Novken tuman sudi 2010 yil, 15 sentabr kungi hukmi bilan Azimjon Asqarov va yana 4 o‘zbekni millatlararo nizo qo‘zg‘ashda aybdor, deb topib umrbod ozodlikdan mahrum qilgan.

Xalqaro Xyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti bir kun avval Qirg‘iziston Oliy sudini Asqarov va boshqa etnik o‘zbeklar ishini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi.
XS
SM
MD
LG