Линклар

Ayni damda Qatarda o'tayotgan futbol bo'yicha Osiyo Kubogining uchinchi o'rin uchun bo'lgan o'yinida O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga 2:3 hisobi bilan mag'lub bo'ldi.

O'yinning birinchi yarmi koreyaliklarning yaqqol ustunligida o'tdi. O'yinning 17 daqiqasida 17 raqam ostida o'yinga tushgan Ja Cheol darvozabon Nesterovni dog'da qoldirib, Janubiy Koreyani 1:0 hisobi bilan oldinga olib chiqdi.

Koreyaliklarning ikkinchi goli uzoq kuttirmadi. 10 raqamli hujumchi Dong Von o'yinning 28 daqiqasida hisobni 2:0 qildi.

O'yindagi uchinchi gol ham Janubiy Koreya terma jamoasi tarafidan kiritildi. 39 daqiqada yana o'sha Dong Von dubl egasi bo'ldi. Hisob 3:0.

O'zbek futboli fanatlari Avstraliya bilan bo'lgan o'yindagi hisob yana qaytarilarmikin, deb tugdan bir vaqtda terma jamoamiz hujumchisi Aleksandr Geynrix raqib jarima maydonida qo'pollik bilan to'xtatildi. Penalti! Geynrix penaltini ustalik bilan ijro etib, hisobni 3:1 ga qisqartirdi.

Tanaffusga jamoalar 3:1 hisobi bilan chiqib ketishdi.

O'yinning ikkinchi yarmi esa asosan O'zbekiston terma jamoasining ustunligida o'tdi. O'yinning 53 daqiqasida Aleksandr Geynrix chap qanotdan berilgan pasni ikkita himoyachi orasidan olib o'tib raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hisob 3:2.

O'zbekiston terma jamoasining urinishlariga qaramasdan, o'yinning oxirigacha bu hisob o'zgarmasdan qoldi.

Finalga chiqgan va uchinchi o'rinni olgan jamoalar kelasi Osiyo Kubogiga chiptalarni qo'lga kiritishdi. Afsuski, to'rtinchi o'rinni olgan O'zbekiston saralash o'yinlarida ishtirok etishga majbur.

Qatarda o'tayotga Osiyo Kubogining final o'yini 29 yanvar kuni Yaponiya va Avstraliya jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Final Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatamiz, final o'yiniga yurtdoshimiz Ravshan Ermatov hakamlik qiladi. Ravshan Ermatov O'zbekiston milliy terma jamoasi yetolmagan marraga yetdi! Biz baribir finaldamiz!

Gollarning videosini tamosha qiling:

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG