Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:30

O‘zbek-turkman chegarasida bir o‘zbekistonlik otib o‘ldirildi


Qashqadarayo viloyatining Turkmaniston bilan chegara hududida qo‘shni davlatga noqonuniy ravishda o‘tgan 12 o‘zbek fuqarosi turkman chegarachilari tomonidan ta‘qibga olingan va 1 fuqaro otib o‘ldirilgan.

Bu haqda kuni kecha olingan xabarlarga tayanib, O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovning xabar qilishicha, o‘zbekistonlik yana besh fuqaro Turkmaniston chegarachilari tomonidan hibsga olingan. Qolgan 5 fuqaro esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda bu fuqarolarning shaxsini aniqlash ustida ishlayotganini aytgan huquq faoli Sur‘at Ikromovga ko‘ra, qo‘lga olingan va o‘ldirilgan fuqarolarning hammasi chegaradan noqonuniy ravishda o‘tib-qaytib, chakana savdo bilan shug‘ullanib yurgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG