Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:54

Bir qator davlatlar o'z fuqarolarini Misrdan olib chiqib ketmoqchi. O'zbekistonchi?


Qohirada o'tayotgan norozilik aksiyasi ishtirokchisi barrikadalar oldida.
Qohirada o'tayotgan norozilik aksiyasi ishtirokchisi barrikadalar oldida.
31 yanvarda Misrda dam olayotgan turistlarni evakuatsiya qilish ishlari boshlanadi. O'z fuqarolarini Misrdan olib chiqib ketish uchun Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Qozog'iston Qohiraga atayin samolyotlar jo'natishmoqda. AQSh davlat departamenti esa AQSh fuqarolarini vaqtinchalik Misrga sayohat qilmaslikka chaqirdi. O'zbekiston esa hozircha jim. Yoki o'zbekistonliklar dong'i ketgan Misr kurortlarida dam olishmaydimi?

Bu savolga javob olish uchun biz O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasiga sim qoqdik. Biroq bir necha bor urinishimizga qaramasdan, biz elchixona bilan ulana olmadik. Bunga sabab ayni damda Qohirada internet va telefon tarmoqlari to'lig'icha ishlamayotgani bo'lsa kerak, deb o'yladikda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga sim qoqdik. Vazirlik esa yozma ravishda murojaat qilishni, telefon orqali javob bermasliklarini aytishdi.
Ayni damda Qohirada yashovchi toshkentlik Umarjonning Misrdagi vaziyat haqida bizga bergan intervyusi bilan tanishing.

Qo'shni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ayni damda Misrda bo'lgan fuqarolarini ehtiyotkorlikka va tojikistonlik turistlarni vaqtinchalik Misrga sayohat qilmaslikka chaqirdi. Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi ham rasmiy saytida Misrdagi fuqarolarini aksilhukumat aksiyalarida qatnashmaslikka va ehtitoykorlikka chaqirdi. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining saytida esa Misrdagi vaziyat haqida ma'lumot yo'q.

Olti kishi ishlaydigan O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasining saytida ham na Misrdagi vaziyat haqida bayonotnoma, na Misr kurortlarida dam olmoqchi bo'lgan o'zbek turistlarga murojaat bor.

Misr namoyishlari suratlarda:


XS
SM
MD
LG