Линклар

logo-print
Qashqadarayo viloyatining Turkmaniston bilan chegara hududida qo‘shni davlatga noqonuniy ravishda o‘tgan 12 o‘zbek fuqarosi turkman chegarachilari tomonidan ta‘qibga olingan va bir fuqaro otib o‘ldirilgan.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovning xabar qilishicha, o‘zbekistonlik yana besh fuqaro Turkmaniston chegarachilari tomonidan hibsga olingan¸ qolgan 5 fuqaro esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda bu fuqarolarning shaxsini aniqlash ustida ishlayotganini aytgan huquq faoli Sur‘at Ikromovga ko‘ra, qo‘lga olingan va o‘ldirilgan fuqarolarning hammasi chegaradan noqonuniy ravishda o‘tib-qaytib, chakana savdo bilan shug‘ullanib yurgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

- Tashkilotlarning a‘zolaridan, bizlarga Qashqadarëdan axborot keldi. Qashqadarë viloyatidan 12ta yigit noqonuniy O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini kesib o‘tib har xil mollarni – sigaret, benzin olib kelisharkan. Bundan bir haftacha oldin chegarachilar ko‘rib avtomatlardan ota boshlagan. Natijada, menga ma‘lum bo‘lishicha, beshtasi chegaradan o‘tib ketishga ulgurgan. Bundan tashqari¸ bitta odam o‘ldirilgan, bittasi yarador bo‘lgan. Hozir o‘q yeganlar Qarshi bolnitsasida ëtgan emish. Beshtasi qamoqqa olingan. Turkman chegarachilari qamoqqa olgan. Ha, bu tasdiqlangan. Bunaqa xabarlar ko‘p bo‘lgan. O‘tgan yil ham bunaqa hollar ya‘ni otishmalar va bir necha odamning o‘ldirilishi ko‘p bo‘lgan. Biz buni o‘tgan yil xabarlarimizda berganmiz. Turkmanistonda benzin arzon ekan. Bizlarda juda qimmat. Bizga nisbatan 5-10 barobar arzon ekan u ëqda benzin. Bittasi mototsiklda benzin olib kelaëtganda otishgan. Bu o‘tgan yil edi.

Ozodlik: Ism-sharifi bizga ma‘lummas deyapsiz, otilgan, jarohatlanganlarning shaxsiga oid boshqa ma‘lumotlar bormi? Ëshi nechada, qaysi tumandan?

- Bizning u yerdagi faollarimiz hozir shuni aniqlashayapti. Men axborotni olsam, alohida axborot qilib beraman.

Ozodlik: Tashkilotingizning kuzatuvlari misolida birorta raqam keltira olasizmi?

- Noqonuniy kesib o‘tganda chegarachilar otib o‘ldirgan hollari ko‘p bo‘layapti. Raqamga kelganda aytishga juda qiynalaman. 10ga yaqin bo‘lishi mumkin, balki undan ham ko‘p.

Ozodlik: Qancha vaqt ichida?

- Bir yil ichida demoqchiman. Bizlarga yetib kelgan xabarlar bo‘yicha bilamiz. Lekin bir xil xabarlar yetib kelmasligi mumkin. Ko‘p holda chegara oldida ëki atrofida yashaydigan aholi.

Suhbatning audiosini eshiting:

XS
SM
MD
LG