Линклар

logo-print

Misrda "millionlar marshi" aksiyasi boshlandi


Misrlik namoyishchilardan biri safdoshlariga otilgan o‘qning bo‘shab qolgan gilzalarini barmoqlariga taqib namoyishga chiqdi.

Misrlik namoyishchilardan biri safdoshlariga otilgan o‘qning bo‘shab qolgan gilzalarini barmoqlariga taqib namoyishga chiqdi.

Misrda prezident Husni Muborakni hokimiyatdan ketkizishga qaratilgan namoyishda ishtirok etayotgan muxolif harakat mamlakat ahlini bir million kishilik ko‘cha yurishida qatnashishga chaqirmoqda.

Ikkinchi haftadirki namoyishlarini davom ettirayotgan norozilar bugun "millionlar marshi"ni boshladi.

Mamlakat harbiylari namoyishchilarni talonchilik qilmaslikdan ogohlantirdi va tinch namoyishchilarga qarata o‘q ochmaslikni va‘da qildi.

- Olloh nomi bilan Misrning ulug‘ xalqiga yuzlanaman. Armiyangiz sizning talablaringiz haqqoniy ekanini tan olgani va sizning xavfsizligingizni o‘ylagani bois, biz mana bu jihatlarni yodingizda tutishingizni so‘raymiz. Birinchisi, tinch yo‘l bilan namoyish qilish hammaning kafolatlangan huquqidir. Ikkinchisi, xalqining tinchligi va xavfsizligini izdan chiqaradigan yohud jamoat va shaxsiy mulkka zarar yetkazadigan harakatlarni sodir etmang!” dedi Misr armiyasi matbuot vakili Ismoil Atman.

Husni Muborak tomonidan yaqinda vitse-prezident etib tayinlangan Umar Sulaymon esa prezident topshirig‘i bilan Misrdagi siyosiy fraksiyalar bilan konstitutsion va boshqa islohotlar haqida so‘zlashuv boshlagani xabar qilindi.

Ammo, norozilik aksiyalarini davom ettirayotgan muxolif harakatlar Husni Muborak rejimining hokimiyatdan ketishini talab qilmoqda.

Shuningdek, Misrda ishlab turgan so‘nggi internet provayderi Noor Group tarmog‘i va bir qancha uyali aloqa tarmoqlari faoliyati hukumat tomonidan bo‘g‘ilgani xabar qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG