Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:57

O'zbeklar dunyo nigohida: O'zbekistonga sayohat qilish arzon


Internet olamining keng sayxonida o‘zbeklar va O‘zbekiston haqida yozayotgan chet el matbuoti va blogerlarini yaqindan kuzatib borishni davom etmoqdamiz. Ho‘sh, bu gal internet o‘zbeklar haqida nima deydi?

Gollandiyalik sayohatchi Biedjee O'zbekistonga kelmoqchi bo'lgan turistlar uchun o'z byudjetini taklif qildi. Uning aytishicha, O'zbekistonga sayohat qilish nisbatan arzon, sifati esa yuqori.

- Mintaqada men sayohat qilgan mamalakatlar orasida O'zbekistondagi turistlar uchun ko'rsatiladigan xizmatlarning sifati nisbatan yuqori. Yemoq-ichmoq va mehmonxonalar (nonushtasi bilan) ham arzon va sifatli. Mamlakat ichidagi transport esa asosan xususiy taksi xizmatlari va bir yengil mashinaga bir nechta odam o'tiradi... Lekin viza narxi juda ham baland.

O'zbekistonga qilgan sayohatida davomida kuniga 37 evro sarflagan gollandiyalik Biedjee O'zbekistonda yashash arzonligini aytadi. Lekin, yozadi Biedjee, agar rus tili yoki o'zbek tilini bilsangiz sayohatingiz yanada arzon bo'lishi mumkin, chunki o'zbeklar savdolashishni yaxshi ko'rishadi.

O'zbekistonga tashrif buyurgan yana bir turist - yaponiyalik Shinichi Nagata ham O'zbekistonda ko'p xizmatlar nisbatan arzonligi, sifati esa yuqoriligi haqida o'z blogida yozadi. Lekin, deyidi Shinichi Nagata, O'zbekiston milliy valyutasining kuchi yo'q va eng katta puli 1000 somdir. Shuning uchun, agar biror bir qimmatroq narsa xarid qilmoqchi bo'lsangiz, bir sumka pul ko'tarib yurishingizga to'g'ri keladi, deb yozadi Shinichi Nagata.

"Yosh to'lqin"ga began intervyusida, yaponiyalik sayyoh Shinichi Nagata O'zbekistonga qilgan sayohatidan juda mamnunligini aytdi.

- O'zbekistonga qilgan tashrifim davomida men juda ko'p marotaba o'zbeklarning mehmondo'stligiga guvoh bo'ldim. Samarqand kabi tarixiy shaharlar esa ajabtovur go'zallikga ega. Menga juda yoqdi. O'zbekistonga borganimdan juda ham hursandman, deydi Shinichi.

Shinichi O'zbekistonga qilgan sayohati davomida olgan bir qator suratlarini o'z blogida chop etgan. Ularni biz Shinichi Nagataning ruxsati bilan "Yosh to'lqin" sahifamizda chop etmoqdamiz.

XS
SM
MD
LG