Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:23

Qozog‘istonda prezidentlikka nomzod ko‘rsatish boshlandi


Kuzatuvchilar joriy yilning 3 apreliga belgilangan muddatdan oldingi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning g‘alaba qozonishiga shubha qilmayaptilar.
Kuzatuvchilar joriy yilning 3 apreliga belgilangan muddatdan oldingi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning g‘alaba qozonishiga shubha qilmayaptilar.
Joriy yilning 3 aprelida o‘tkazilishi mo‘ljallangan muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ikki kishidan ariza kelib tushdi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati xabar qiladi.

Prezidentlik saylovi poygasida ishtirok etish uchun ariza topshirgan O‘ten Salim Sag‘indiquli va Qaysarov Valixan Abishevich, ma‘lumotlarga ko‘ra, 2005 yildagi prezidentlik saylovlarida ham ishtirok etganlar.

Qozog‘istonda 3 aprel kuni muddatidan avval prezidentlik saylovi o‘tkazish qarori olinganidan so‘ng o‘tgan shanbadan (5 fevral) boshlab MSK nomzod ko‘rsatish mumkinligi va bu jarayon 20 fevralgacha davom etishi haqida e‘lon qilgandi.

Shu kungacha muddatdan oldingi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatini muxolifatdan Umummilliy sotsial-demokratik partiya vakili Bulat Abilov, siyosatchi Jasaral Quanishalin, “Jelto‘qsan” harakati liderlaridan biri Hasen Qo‘ja Ahmet bildirgan.

Shuningdek, mavjud qonunchilikka muvofiq, amaldagi davlat rahbari Nursulton Nazarboyev ham cheksiz marotaba prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.

Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazish haqidagi qaror Nursulton Nazarboyev tomonidan mamlakat Konstitutsiyaviy kengashi “Konstitutsiyaga o‘zgartish va to‘liqlashlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qozog‘iston Qomusiga muvofiq emasligini e‘tirof etganidan keyin chiqarilgandi. Mazkur qonun parlament tomonidan joriy yilning 14 yanvar kuni qabul qilingan bo‘lib, u 2012 yilda prezidentlik saylovi o‘tkazish o‘rniga amaldagi davlat rahbari vakolatlarini 2020 yilgacha uzaytirishni ko‘zda tutgandi.

Asnoda kuzatuvchilar galdagi prezidentlik saylovlarida Qozog‘istonni 20 yildan buyon boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyevning imkoniyatlari boshqa nomzodlarga qaraganda kattaroq ekanini qayd etmoqdalar.

- Menimcha, saylovlarda beshtacha nomzod ishtirok etadi va unda prezident (Nursulton Nazarboyevni nazarda tutmoqda – tahr.) katta farq bilan g‘olib chiqadi. Muxolifat nomzodi ikkinchi o‘rinni egallaydi, - dedi “Ruhoniyat” partiyasi raisi Serikjan Mambetalin Ozodlikning qozoq sho‘‘basiga bergan intervyusida.

Garchi Nazarboyev hali o‘z nomzodini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, kuzatuvchilar bu ish yaqin kunlarda amalga oshishiga shubha qilmaydilar.
XS
SM
MD
LG