Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:21

Yaponiya O‘zbekistondan demokratik islohotlar kutmoqda


Chorshanba kuni Tokioda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan muzokaralari so‘nggida qo‘shma bayonot imzolandi.

AFP axborot agentligiga ko‘ra¸ ushbu bayonotda O‘zbekistondagi inson huquqlari masalasiga ham e‘tibor berilgan.

Qo‘shma bayonotda , “yapon tomoni O‘zbekistonning demokratiya va demokratik islohotlar yo‘nalishidagi keyingi harakatlarida muvafaqqiyatga erishilishini kutib qoladi” deyilgan.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mutasaddisi Yoko Tsudaning Ozodlikka aytishicha, rasmiy tashrif chog‘ida boshqa bir qancha hujjatlar imzolangan.

- Biz qo‘shma bayonot imzoladik. Tashqi ishlar bo‘yicha Yaponiya davlat kotibi Yutaka Banno O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev bilan “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Tashqi ishlar vazirimiz Seydji Mayexara G‘aniyev bilan birga ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlikka oid memorandum imzoladi, dedi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
XS
SM
MD
LG