Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

Misrdagi namoyishlarda internetning roli qanday?


Bugun Tahrir maydonida "Facebook" va "Twitter" graffiti yozuvlarini uchratish mumkin.
Bugun Tahrir maydonida "Facebook" va "Twitter" graffiti yozuvlarini uchratish mumkin.

Misrda 17 davomida 30 yildan beri hukmronlik qilayotgan prezident Husni Muborakga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. 17 kun ichida Misr poyaxti Qohiraning markazida joylashgan Tahrir maydoni millionlab misrliklarning uyiga aylandi. Bugun Tahrir maydonidagi namoyishchilarning qo'llarida nafaqat bayroqlar va prezident Husni Muborakga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ko'rish mumkin. Ayrim namoyishchilar "Rahmat senga Facebook!" va "Yashasin Twitter!" shiorlarini ham ko'tarib olishgan.


Ho'sh, internetdagi mashhur ijtimoiy tarmoqlarning Misrda o'tayotgan namoyishlarda ro'li qanday bo'ldi? Misr hukumati mamlakatda aksilhukumat namoyishlari boshlanganidayoq butun mamlakat bo'ylab internetni besh kunga o'chirib qo'ygan edi. Shunga qaramasdan Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida Misrda boshlangan siyosiy o'zgarishlar keng muhokamasi boshlanib ketgan.

Misrda aksilhukumat namoyishlar boshlanganda Google kompaniyasining Misrdagi bo'linmasining marketing bo'yicha raxbari Vail G'onim Facebook ijtimoiy tarmog'ida Tahrir maydonida o'tayotgan namoyishlarga bag'ishlangan guruh ochgan edi. Guruh "Biz barchamiz Xalid Saidmiz" deb nomlanadi. 28 yashar misrlik biznesmen Xalid Said 2010 yilning iyun oyida misrning huquq-tartibot organlari tarafidan o'ldirilgan edi. "Biz barchamiz Xalid Saidmiz" guruhi 67 201 marotaba "like" etilib, 25 yanvar kuni Qohiradagi aksilhukumat namoyishlarga misrliklarning e'tiborini jalb etishga ulkan hissasini qo'shgan edi.

Vail G'onim 27 yanvar kuni bedarak yo'qolgan edi. 7 fevral kuni topilgan G'onim, Misr politsiyasi uni 12 kun davomida ushlab so'roqqa tutgani haqida hissiyotlarga to'la intervyuda aytgan edi.
80 million aholisi bor Misrda 5 196 960 Facebook foydalanuvchi bor. Bu esa aholining 5.5% deganidir.

Vail G'onim topilganidan so'ng bir kun o'tib Facebook saytida Misrdagi namoyishlarga bag'ishlangan yana bir guruh ochildi. Guruhni olib boruvchilar Tahrir maydonida davom etayotgan namoyishlar haqida xabarlarni, namoyishlar davomida halok bo'lganlarning suratlarini, ular haqida ma'lumotni soat sayin chop etib borishmoqda. Bugungi kunga kelib ushbu guruh 287 293 marotaba "like" etilgan va kuniga o'rtacha 16 million marotaba o'qiladi.

Twitterning Tahrir maydonida o'tayotgan namoyishlarga qo'shgan hissasi ham ulkan bo'ldi. Tahrir maydonidagi namoyishchilar tarafidan ishlatilgan #jan25, #egypt va #cairo hashteglari (hashteg - Twitterda xabarlarni bir mavzu doirasida jamlovchi usul) namoyishlarning birinchi kunidanoq mashhur bo'lib ketdi. Mobil telefon orqali Twitterga kirish imkoniyati oson bo'lganligi uchun, Tahrir maydonidagi twitterchilar namoyishlar haqida xabarlarni tezkor ravishda internetda chop etishmoqda.

Internet ijtimoiy tarmoqlarining Misrdagi namoyishlarga qo'shgan hissasi shubhasiz ulkandir. Twitter kabi internetda tezkor ma'lumot chop etish xizmatlari nafaqat so'z erkinligiga o'z hissasini qo'shadi, balki o'sha yozayotgan odamlarning erkinlik uchun kurashda yolg'iz emasligiga ham dalil bo'la oladi.

Tahrir maydonidan suratlar:

Tahrir maydonidagi yana bir "Facebook" yozuvi.

Tahrir maydoni ham endi "Twitter"ga qo'shildi,

Tahrir maydonidagi namoyishchi qo'lidagi plakatda Tunisning to'ntarilgan prezidenti Ben Ali Facebook orqali Misr prezidenti Husni Muborakga do'stlashish taklifnomasini yubormoqda.

*****
XS
SM
MD
LG