Линклар

logo-print

"Azizam, sizni Boburning tug'ilgan kuni bilan tabriklayman!"


Avliyo Valentin kuni sovg'alari industriyasining hajmi juda ham katta, deyishadi mutahassislar.

Avliyo Valentin kuni sovg'alari industriyasining hajmi juda ham katta, deyishadi mutahassislar.

Tasavvur qilling-a, agar siz 14 fevral kuni sevgan yoringiz oldiga bir dasta gul ko'tarib borib shu so'zlarni aytsangiz... Yo'q deganda "tushunmadim?" yoki "qaysi Boburni?" javobini olasiz.

Nega? Axir bugun 14 fevral dunyo bo'ylab bir qator mamalakatlarda sevishganlar kuni, ya'ni Avliyo Valentin kuni nishonlanadi-ku! Tarixi Rim imperiyasi davridagi Valentin nomini olgan nasroniy avliyolarga borib qadalsa-da, bugungi kunda bu kun boshqa dinga e'tiqod qilgan jamiyatlarda ham keng nishonlanadi. O'zbekistonda ham Sevishganlar kuni rasmiy bo'lmasa-da, ko'pchilik tarafidan nishonlanadi.

Qaysi Boburning deysizmi? Iye, tomdan tushganmisiz? Axir 14 fevral ulug' o'zbek shoiri, mutaffakkir, tarixchi va buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kun-ku? Ho'sh, shunday ekan, nega biz buyuk shoir, sevgi-muhabbatni ko'klarga ko'targan mutaffakkir yurtdoshimiz Boburning tug'ilgan kunini emas, balki Avliyo Valentin kunini nishonlaymiz?

Aziz mushtariy, javobingizni kutib qolamiz!

******

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG