Линклар

logo-print
AQShning BMTdagi elchisi Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiyning o‘z xalqiga nisbatan kuch qo‘llamayotganiga oid ta‘kidladi “qip-qizil yolg‘ondir”, deya bayon qildi.

Syuzan Rays Qaddafiyning xorij matbuotiga Liviya xalqi uni sevishi haqidagi aytgan gaplari uning real voqe‘likdan qanchalar uzilganini yana bir bor ko‘rsatadi, deya ta‘kidladi.

Raysning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Liviya muxolifati bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda.

Uning bu bayonotidan avval Qo‘shma Shtatlar harbiy kemalar va uchqichlarni Liviya chegaralari yaqiniga olib kelib, Qaddafiy rejimiga tegishli 30 milliard AQSh dollariga teng mablag‘larni muzlatib qo‘ydi.

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi Qaddafiy rejimiga nisbatan qurol embargosi, hisob raqamlarini muzlatish va viza cheklovi kabi sanksiyalarni joriy qildi.
XS
SM
MD
LG