Линклар

Xalqaro Matbuot Instituti (IPI) o‘tgan yili jahon bo‘ylab 101 nafar jurnalist o‘ldirilganini ma‘lum qildi. Bu 1990 yillardagi ko‘rsatkichlarga juda yaqindir.

Jurnalistlar uchun eng xavfli mintaqa Osiyo bo‘lib, u yerda o‘tgan yili 40 jurnalist, jumladan Pokistonda 15 nafari o‘ldirligan. 32 muxbir Amerika qit‘asi davlatlarida o‘ldirilgan.

IPI tashkilotiga ko‘ra, jurnalistlar o‘ldirilayotgan davlatlar soni ham oshib bormoqda, bu esa “jurnalistlarga nisbatan tahdid ko‘lami oshayotganini ko‘rsatadi.”

O‘ldirlgan jurnalistlar soni bo‘yicha Pokistondan keyin ikkinchi o‘rinni 12 muxbir o‘ldirilgan Meksika, uchinchi o‘rinni esa, 10 jurnalist halok bo‘lgan Honduras egallagan.

Tashkilot hisobiga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida jahon byo‘lab 472 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Ularning asosiy qismi Iroq va Fillipinda halok bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG