Линклар

logo-print
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi 13 may kuni Xorazmda “Tushdagi quyon uyasi” qo‘g‘irchoq teatri taqdimotini uyushtiradi.

Bu haqda elchixona nashrida ma‘lumot berildi.

Germaniyaning Darmshtat "Xameleon" teatri Xorazm qo‘g‘irchoq teatri bilan birgalikda "Tushdagi quyon uyasi" asarini sahnalashtirdi.

Spektakl Germaniyada urf bo‘lgan "Sehrli nur teatri" texnikasi va sirlari asosida saxnalashdi.

"Sehrli nur teatri" kishi ongi uchun yaratilgan teatr hisoblanadi. Musiqa va ko‘rinadigan elementlarning harakatlanishi fonida aktyorlar voqealarni tasvirlab beradi.

Shu tarzda "Sehrli nur teatri" so‘zsiz tasvirlar va xayolotga chorlovchi illyuzion obrazlar misolida namoyon bo‘ladi. Bu bilan sahna namoyishi qaysidir ma‘noda umumiy tilga va ifoda vositasiga aylanadi.

"Tushdagi quyon uyasi" sahna asari 2011 yilning 2-13 may kunlari Yurgen Saxmann tomonidan Xorazm viloyat davlat qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari bilan hamkorlikda intensiv seminarlar doirasida ishlab chiqildi.
XS
SM
MD
LG