Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:08

O‘zbekiston va AQSh mintaqa xavfsizligini muhokama qildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati Toshkentda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Syuzan Elliot bilan uchrashdi.

TIV vakiliga asoslanib, Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, uchrashuvda (2011 yil fevral oyida Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston-Amerika maslahatlashuvining ikkinchi davrasida erishilgan kelishuv doirasida) siyosiy, savdo-iqtisodiy, invyestitsiya, madaniy-insonparvarlik va boshqa sohalarga oid ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Syuzan Elliotning Toshkentga tashrifi AQSh hukumati Shimoliy taqsimot tarmog‘i orqali Afg‘onistonga tashilayotgan yuklar hajmini joriy yil oxirigacha 75 foizga yetkazishni rejalagan paytga to‘g‘ri keldi.

Shimoliy taqsimot tarmog‘i Boltiqbo‘yi davlatlari, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston orqali o‘tgan.
XS
SM
MD
LG