Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:09

Toshkentda poraxo‘rga vositachilikda ayblangan 52 yoshli jurnalist hibsga olindi


O‘zbek rasmiy matbuoti muxbirlarning ichida ta‘magirlik holatlari haqiqatan kuzatilgan, deydi Abdurahmon Tashanov.
O‘zbek rasmiy matbuoti muxbirlarning ichida ta‘magirlik holatlari haqiqatan kuzatilgan, deydi Abdurahmon Tashanov.
Adliya vazirligining “Inson va qonun” gazetasi muxbiri “pora oldi-berdisiga vositachilik qilganlik”da gumon qilinmoqda.

Samarqandlik jurnalist va shoir Shukur Sodiq shu yilning 1 iyunida Toshkent shahridagi xususiy oshxonalardan birida qo‘lga olingan va so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, unga O‘zbekiston JKning 212-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda xabar bergan “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, qandli diabet xastaligining og‘ir ko‘rinishidan aziyat chekayotgan 52 yoshli Shukur Sodiq yaqinlariga ko‘rsatilmayapti.

Ozodlik muxbiri bu jurnalist yaqinlariga murojaat qilganida, uning oila-a‘zolari javob bermaslikni lozim topdi.

“Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov bunga Shukur Sodiq oilasiga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani ehtimollari sabab bo‘lishi mumkin, deya taxmin qiladi.
XS
SM
MD
LG