Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:20

Eronlik futbolchi ayollar ro'mol o'ragani uchun Olimpiya o'yinlarida qatnashmaydi


FIFA ro'mollarni taqiqlanishi xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqganini aytmoqda.
FIFA ro'mollarni taqiqlanishi xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqganini aytmoqda.
Eronning ayollar futbol jamoasi 2012 yil Londonda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Bunga Osiyoning eng kuchli jamoalardan hisoblangan Eron futbolchi ayollarining islomiy sport kiyimlari FIFA talablariga to‘g‘ri kelmagani sababi bo‘ldi.

2010 yilning aprelida FIFA futbolchi ayollarga maydonga ro'mol bilan tushishni ta'qiqlagan edi. Bunga javoban Eron ayollar jamoasi atayin badanga yopishib turadigan bosh kiyim turini o'ylab topishgan. Eron jamoasining aytishicha, yangi ro'mol FIFA talablariga to'liq javob beradi.
Biroq o‘tgan hafta Xalqaro futbol federatsiyasi boshiga ro‘mol o‘ragani uchun eron futbolchilarini Iordaniya jamoasi bilan Lononda o'tadigan Olimpiya o'yinlariga saralash matchiga qo‘ymadi. Eron rasmiylari bu yuzadan o‘z noroziligini bildirishdi.
Bo‘yinni o‘rovchi bunday ro‘mollar taqig'i xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqanligi borasida FIFA rasmiy Texronni oldindan ogohlantirganini bildirdi.

Eslatamiz, Eronning ayollar futbol jamoasi FIFA o'yinlari doirasida O'zbekiston ayollar terma jamoasi bilan ham o'ynashi kerak edi.
XS
SM
MD
LG