Линклар

logo-print
Katta to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro komissiyaning joriy hafta Shvyeysariyada o‘tgan 79-kengashida O‘zbekiston bu komissiyaga a‘zo bo‘lgani tasdiqlandi.

Kengashda O‘zbekiston vakilining gidroinshootlar xavfsizligi bo‘yicha ma‘ruzasi tinglandi.

"Jahon" agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, kengash ahli O‘zbekistondagi "Davsuvxo‘jaliknazorat" idorasi faoliyati bilan qiziqqan.

100 dan ortiq davlat a‘zo bo‘lgan¸ bosh qarorgohi Parijda joylashgan katta to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro komissiya 1928 yildan beri faoliyat ko‘rsatadi.

Komissiya dunëdagi ulkan to‘g‘onlar¸ gidroinshootlar va sun‘iy suv omborlari xavfsizligi yuzasidan tahliliy-tadqiqot ishlari olib boradi.
XS
SM
MD
LG