Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:12

O‘zbekiston chegarsini buzgan tojik chegarchisi hibsga olindi


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 7 iyun kuni O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan tojikistonlik chegara qo‘shinlarining qurollangan zobiti qo‘lga olingan.

“2011 yil 7 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 11.05da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Lavob aholi punkti hududida Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlarining qurollangan harbiy xizmatchisi O‘zbekiston hududiga 500 metr ichkariga kirdi va O‘zbekiston davlat chegarasini buzdi”,- deyiladi O‘zbekiston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabarnomasida.

Unda, shuningdek, qo‘lga olish vaqtida tojik chegarachisi qarshilik ko‘rsatgani va avtomatdan o‘zbek chegarachilariga qarata ikki marta o‘q otgani aytiladi.

Bu ma‘lumotni Ozodlikka tasdiqlagan Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Xushnud Rahmatullayev sodir bo‘lgan hodisa tafsilotlari haqida hozircha ma‘lumotga ega emasligini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG