Линклар

AQSh hukumati O‘zbekiston Oliy sudi Hyuman rayts uotch inson huquqlari tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasini yopish haqida chiqargan qarori xususida tashvish bildirdi.

AQSh Davlat departamenti e‘lon qilgan bayonotda matbuot kotibi Mark Toner HRU kabi xalqaro nohukumat tashkilotlari “dunyoda muhim rol o‘ynashi” va HRU O‘zbekistonda o‘z faoliyatini davom ettira olmasligidan Vashington afsuslanishini bayon qilgan.

O‘zbekiston Oliy sudi o‘tgan hafta chiqargan qaroridan keyin HRU e‘lon qilgan bayonotda O‘zbekiston hukumati mustaqil fuqarolik jamiyati ishlariga aralashishda davom etayotgani va faollar kamsitilayotgani bildirilgan.
XS
SM
MD
LG