Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Xalqaro tashkilotlar Tojikistonni Bi-bi-si muxbirini ozod qilishga chaqirdi


Tojikiston Bi-Bi-si muxbiri O'rinboy Usmonov.
Tojikiston Bi-Bi-si muxbiri O'rinboy Usmonov.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiyga Bi-bi-si radiosi muxbiri O‘rinboy Usmonov dushanbadan beri hibsda saqlanayotgani xususida tashvish bildirilgan maktub jo‘natdi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Tojikistondagi Bi-bi-si muxbirining qo‘lga olinganini qoralab, uning darhol qo‘yib yuborilishini talab qildi.

- Bugun e‘lon qilgan bayonotimizda biz Tojikiston hukumatini darhol qo‘yib yuborishga chaqirdik. Bizdagi va Bi-bi-si ma‘lumotiga ko‘ra, janob O‘rinboy Usmonov hozir ham qamoqda saqlanmoqda. U Tojikistondagi Hizbut-Tahrir islomiy guruhi haqida yozgan maqolalari uchun qo‘lga olingan, - dedi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi xodimi Muzaffar Sulaymonov.

Tojikistondagi AQSh elchixonasi Bi-bi-sining Tojikistondagi muxbiri O‘rinboy Usmonov hibsga olingani yuzasidan xavotir bildirdi.
XS
SM
MD
LG