Линклар

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatida yarim finalga chiqish uchun endi Urugvay jamoasini ham yengishi kerak.

29 iyun kuni o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Avstraliya terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.

Futbol bo‘yicha dunyoda peshqadam davlatlardan biri bo‘lgan Urugvay yoshlar jamoasi Kongo jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.

Eslatamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi chorak finalda Urugvay o'smirlar termasiga qarshi Monterrey shahrida mahdonga tushadi. O'yin 3 iyuldan 4 iyulga o'tar tunda soat 1:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG