Линклар

logo-print
Kecha eronliklar 23 yil avval AQSh harbiy kemasi Eronga qarashli yo‘lovchi samolyotni urib tushurigani oqibatida halok bo‘lganlarni xotirladi.

1988 yilning 3 iyulida AQShning Vinsennes harbiy kemasi Hormuz bo‘g‘ozi ustida Dubayga uchib ketayotgan uchqichni urib tushirgani oqibatida samolyot bortidagi 290 kishi halok bo‘lgan edi.

Yakshanba kungi xotirlash marosimida 655-reys qurbonlarining yaqinlari ishtirok etdi.

Qo‘shma Shtatlar samolyot xatolik bois urib tushirilganini aytib keladi.

Eron tomoni buni ataylab uyushtirilgan xalqaro jinoyat, deya ataydi.
1999 yilda Eron Amerikadan 130 million AQSh dollari, jumladan qurbonlar yaqinlari uchun tovon puli olgan.
XS
SM
MD
LG