Линклар

logo-print
Suriyalik muxolifat faollariga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari Hama shahrida yuzlab odamlarni hibsga olgan. Hamada o‘tgan hafta prezident Bashar al-Assadga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Shifokorlarning aytishicha, kechagi reydlar paytida uch kishi, jumladan 13 yashar bola o‘ldirlgan.

Hamaliklarga ko‘ra, 4 iyul kuni ertlab askarlar kamida 30 ta avtbousda shaharga kirib kelgan va uyma-uy yurib odamlarni hibsga ola boshlagan. Ba‘zi hollarda askarla o‘t ochgani aytilmoqda.

Suriya inson huquqlari kuzatuv markazi rahbari Ramid Abdulrahmon Reyters bilan suhbatda Hamada 250 kishi hibsga olinganini aytdi.

Faollarga ko‘ra, bir oy avval Hamada 60 namoyishchi o‘ldirilgan.

Shaharda xavfsizlik choralari yumshatilganidan keyin, 1 iyul kuni 150 ming kishi ko‘chalarga chiqib, prezident Assad iste‘fosini talab qildi. 2 iyul kuni Assad viloyat hokimini ishdan oldi.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, 14 haftadan beri davom etayotgan norozilklar paytida 1300 tinch fuqaro halok bo‘lgan. Suriya rasmiylari esa, zo‘ravonliklar uchun mas‘ul qurolli guruhlar 500 nafar politsiyachi va askarlarni o‘ldirganini ta‘kidlab kelmoqda.

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi namoyishlarni kuch bilan bostirayotgan Assad va uning hukumati a‘zolariga nisbatan sanksiyalarni joriy qilgan.
XS
SM
MD
LG