Линклар

O‘zbekiston temir yo‘llarining texnik ahvoli Amerika muhandislari va rasmiylarini jiddiy tashvishga solmoqda.

Afg‘onistondagi AQSh va NATO harbiylari ta‘minoti uchun qariyb haët-mamot yo‘liga aylanib qolgan Shimoliy ta‘minot tarmog‘ining O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi qismi Vashington rasmiylari uchun qo‘rquv manbaiga aylanib bormoqda.

Washington Post gazetasining ëzishicha¸ Pokistondagi notinchlik va ayniqsa Islomobod-Vashington munosabatlarining sovuqlashib boraëtgani oqibatida AQSh harbiylari Pokiston hududidan o‘tuvchi Janubiy ta‘minot tarmog‘iga qaramlikni tobora kamaytirishga kirishgan. Oqibatda¸ AQSh harbiylarining O‘zbekiston hududi orqali o‘taëtgan Shimoliy ta‘minot tarmog‘iga qaramligi ortmoqda va bugunda mazkur tarmoq orqali Afg‘onistonga kiraëtgan har olti poyezddan beshtasi O‘zbekiston hududidan o‘tmoqda. Pentagon rejasiga ko‘ra¸ 2011 yil oxiriga borib¸ Afg‘onistondagi harbiylarga yuborilaëtgan jami yuklarning 75 foizi Shimoliy ta‘minot tarmog‘i orqali yuboriladi. AQSh harbiy yuklari ortgan sayin¸ sovyet davrida qurilib¸ eskirib ulgurgan O‘zbekiston temir yo‘llariga tushaëtgan bosim ham kuchaymoqda va AQSh yo‘l muhandislari fikricha¸ bu yo‘llarda yaqin kelajakda katta falokat ro‘y berish tahlikasi ham ortmoqda.

Bunday halokat ehtimoli haqida AQSh muhandislari diplomatik kanallar orqali 2009 yildan beri Vashington rasmiylariga qator ogohlantuv yuborib kelmoqda.

AQSh maxfiy diplomatik ëzishmalarini jamoatchilikka oshkor qilib kelaëtgan Wikileaks axborot guruhi o‘z saytida chop etgan ana shunday ëzishmalardan birida¸ nomi keltirilmagan manba O‘zbekiston temir yo‘llarining mo‘rt va darz ketgan ahvolda ekani va yuk poyezdlari bu yo‘llar orqali odatiy yukning yarmidan ko‘pini olib o‘ta olmasligini ëzadi. Boz ustiga¸ sovyet davrida qurilgan parovozlar tik qiyalikdan katta yuk bilan tushishga moslashmagan¸ muhandislar tog‘dan tushar ekan¸ tinimsiz tormozga bosishga majbur bo‘lmoqda¸ deb ëzadi mazkur manba.

"Poyezdlar tog‘dan tekislikka tushib bo‘lgunga qadar¸ g‘ildiraklar o‘t olish darajasida qip-qizil cho‘g‘ga aylanib ulguradi. Bu yo‘llar orqali yuk tashishning qancha vaqt olishidan dahshatga tushmay iloj yo‘q. O‘zbekiston temir yo‘llarining Qarshidan Hayratonga qadar bo‘lgan qismida halokat ehtimoli juda baland bo‘lganidan¸ men bu poyezga chiqishdan bosh tortdim"¸ deb ëzadi Vashingtonga ogohlantiruv yo‘llagan amerikalik muhandis.

Shimoliy ta‘minot tarmog‘ining O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi 200 chaqirimlik qismida hozirga qadar biror poyezd halokati qayd etilmaganini ta‘kidlaëtgan AQSh rasmiylari¸ ayni paytda tranzit yuklar hajmi oshirilishidan manfaatdor O‘zbekiston hukumatining bu yo‘llarni ta‘mirlashga va‘da berganini aytmoqda. Xususan¸ yil boshida Toshkent Yaponiyadan Afg‘onistonga boruvchi yo‘llarni ta‘mirlash maqsadida 218 million dollar qarz oldi.

O‘zbekiston temir yo‘llari orqali tashilishi kutilaëtgan AQSh yuklari hajmining kelasi yildan yanada oshish imkoni ham ular texnik ahvoliga jiddiyroq qarash zaruratini kuchaytirmoqda.

Diplomatik manbalarining Washington Post muxbiriga bildirishicha¸ hozirda Afg‘onistonga qo‘shni davlat hukumatlari bilan 2012 yildan boshlab chiqariladigan AQSh qo‘shinlari va harbiy texnikasini qaysi yo‘nalishda tranzit qilish borasida muzokaralar bormoqda. 2012 yil sentabriga qadar Afg‘onistondagi qo‘shinlarining uchdan bir qismi - 33 ming askarini olib chiqishga qaror bergan Vashington ikki tomonlama tranzit uchun ruxsat olish niyatida O‘zbekiston bilan ham so‘zlashuvlar o‘tkazmoqda va ayni mavzuning Toshkentga tez-tez kelaëtgan Vashington rasmiylari muzokaralaridagi asosiy mavzu ekani taxmin qilinmoqda.

AQSh harbiylarining ta‘minot yo‘li borasida borgan sari avtoritar O‘zbekiston hukumatiga qaram bo‘lib boraëtgani ham Amerika jamoatchiligi¸ ham uning ittifoqchilari orasida tashvish uyg‘otmay qolmaëtir.

Ammo bunday xavotirlarni aritishga urinaëtgan AQSh rasmiylari¸ O‘zbekiston bilan harbiy hamkorlikning asta-sekin kengayib boraëtgani Toshkent hukumatining inson haqlari va demokratiya sohasidagi siësatiga ham ijobiy ta‘sir qilishiga umidvor ekanini aytmoqdalar.
XS
SM
MD
LG