Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:48

Appelyatsiya sudi ham jurnalistlarni ishga qayta tiklamadi


Jurnalistlar kurashni to‘xtatish niyatida emaslar.
Jurnalistlar kurashni to‘xtatish niyatida emaslar.
Toshkent shahar fuqaroviy ishlar sudi jurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Omonovalarning ishga qayta tiklanish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, dastlabki sud hukmini o‘z kuchida qoldirdi.

19 iyul kuni Toshkent shahar fuqaroviy ishlar sudi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" telekanalining sobiq jurnalistlari Malohat Eshonqulova va Saodat Omonovaning appelyatsiya tartibidagi arizasini ko‘rib chiqib, Shayhontohur tumanlararo sudining “Yoshlar” telekanali rahbariyati foydasiga chiqargan hukmini o‘z kuchida qoldirdi.

- Men va hamkasbim Saodat Omonovani ishga tiklash va majburiy ishsiz yurgan kunlari uchun haq undirish borasidagi da‘vo arizamiz fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan va bizning da‘vo talablarimiz rad etilgan edi. Biz fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat arizasi kiritgan edik. Mana bugun soat 11 da apellyatsiya tartibida bizning arizamiz ko‘rib chiqildi va apellyatsiya hay‘ati tumanlararo sudning qarorini to‘g‘ri qabul qilingan deb topdi va o‘z kuchida qoldirish haqida ajrim chiqardi,- dedi Malohat Eshonqulova.

Telejurnalistlar Saodat Omonova va Malohat Eshonqulova milliy teleradikompaniyadagi qonunbuzarliklar, mahalliychilik va senzuraga chek qo‘yilishini talab qilib, o‘tgan yili 6 dekabr kuni Toshkentning markaziy maydonida piket o‘tkazganidan keyin 9 dekabr kuni ishdan haydalganidan so‘ng, nohaq ishdan bo‘shatilganini da‘vo qilib, "Yoshlar" kanali rahbariyatini sudga bergan edi.

31 may kuni Shayhontohur tumanlararo sudi ikki jurnalistning ishdan bo‘shatilganini qonuniy deb topib, “Yoshlar” telekanali rahbariyati foydasiga hukm chiqargan edi.

Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, ular appelyatsiya sudida yutqazgan bo‘lsada, kurashni davom ettirishlarini va O‘zbekiston Oliy sudigacha chiqishni rejalashtirmoqdalar.

- Bu oxirgi umid degani emas. Hali nazorat tartibida shaharga murojaat qilishga haqlimiz. Qolavyersa, hali oldinda Oliy sud bor. Birida bo‘lmasa birida adolat qaror topadi degan umiddamiz. Biz kurashni to‘xtatish niyatimiz yo‘q. Bugun huquq himoyachilari, mustaqil jurnalistlar jami o‘nga yaqin kishi bizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosining oldiga kelib o‘tirgan ekan. Shularni ko‘rib yolg‘iz emasligimizdan, bizlarni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar borligidan ancha xursand bo‘ldik va kurash boarsidagiq arorimiz yanada qa‘tiylashdi,- dedi Malohat Eshonqulova.

O‘zbekiston prezidenti devoni oldida ochlik aksiyasi o‘tkazgani uchun qariyb uch million so‘m jarimaga tortilgach, ikki jurnalist Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova qarayib uch hafta davomida uyda ochlik aksiyasini o‘tkazdilar.

Ochlik aksiyasi o‘tkazib, biror natijaga erisha olmagan telejurnalistlar Malohat Eshonqulova bilan Saodat Omonovalar kurashning yangi usulini tanladilar.

Ular hozirda “O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash klubi”ni tashkil qildilar va ayni paytda “Munosabatuz.com” saytini ochishni rejalashtirmoqdalar.
XS
SM
MD
LG