Линклар

O‘zbek futbolchilari yapon, koreys va suriyaliklar bilan bellashadi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi.

Futbol bo‘yicha 2014 yil Jahon chempionatining uchinchi davra saralash o‘yinlarida o‘zbek futbolchilari Yaponiya, Suriya va Shimoliy Koreya terma jamoalari bilan bellashadi.
Joriy yilning 2 sentabrdan 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida ikkita eng sara jamoa keyingi bosqichga chiqadi.
O‘zbekiston futbolchilari 2 sentabr kuni 1-turda Suriya jamoasi bilan bellashadi. 6 sentabr 2-turda O‘zbekiston-Yaponiya; 11 oktabr 3-turda Shimoliy Koreya-O‘zbekiston; 11 noyabr 4-turda O‘zbekiston-Shimoliy Koreya; 15 noyabr 5-turda O‘zbekiston-Suriya; 29 fevral 6-turda Yaponiya-O‘zbekiston o‘yinlari o‘tkaziladi.
XS
SM
MD
LG