Линклар

Xitoy g‘arbidagi Shinjon Uyg‘ur avtonom o‘lkasida ro‘y bergan zo‘ravonlikda kamida 12 odam nobud bo‘lgan. Bu haqda Xitoyning rasmiy “Sinxua” axborot agentligi xabar qildi.

Qashqar shahrida politsiya besh gumondorni otib o‘ldirgan, yana uch nafarini hibsga olgan.

“Sinxua” agentligiga ko‘ra, shanba kuni Qashqar shahrida ikki kishi og‘ir yuk avtomobili haydovchisini o‘ldirib, piyodalar ustiga haydagan va keyin odamlarni pichoqlab o‘ldirgan.

Norasmiy xabarlarda bu ikki hujumchining etnik uyg‘urlar ekani aytiladi.

Hujum ortidan shaharda komendantlik soati joriy etilgan.
XS
SM
MD
LG