Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:41

Ryazan mahkamasi “oq inkvizitorlar” ustidan hukm chiqardi


O‘zlarini “Oq inkvizitorlar” deb atagan guruhning besh a‘zosi milliy nafrat asosida qotillik sodir etganlik¸ yana ikkitasi esa¸ xorij fuqarolariga og‘ir tan jarohati yetkizganlik aybdor deb topildi va 2¸5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Tergov davomida aniqlanishicha¸ slavyan millatining boshqa xalqlardan ustunligi mafkurasiga ishonuvchi mazkur guruhning voyaga yetmagan besh a‘zosi 2009 yil yanvarida Xitoy fuqarosini o‘ldirganlar.

Kechalari Ryazan ko‘chalariga maxsus missiya bilan chiqqan bu guruh a‘zolari jismoniy azob berish maqsadida slavyan bo‘lmaganlarni qidirishgan. Ular shu maqsadda ënlarida taëq¸ dubinka va pichoq olib yurganlar¸ ammo o‘z qurbonlariga asosan poshnasiga o‘tkir qirrali temir qadalgan poyafzal bilan jismoniy azob berishgan.

“Oq inkvizitorlar” qurbonlari orasida 2008 yil dekabrida ular tomonidan qattiq tan jarohati yetkizilgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
XS
SM
MD
LG