Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:19

Qabul imtihonlari tufayli O'zbekistonda mobil telefon xizmatida uzilish kuzatildi


O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari munosabati bilan 2 avgust kuni mamlakatdagi mobil operatorlari internet va SMS xizmatini yarim kunga to‘xtatdi.

Aytilishicha¸ bu test sinovlariga tashqi aralashuvning oldini olish¸ abituriyentlarning SMS va internetdan foydalanib¸ test davomida firibgarlikka yo‘l qo‘ymasligi maqsadida qilingan.

Toshkentdagi manbalarning aytishicha¸ bu cheklovdan telefon va ovozli xizmatlarga ta‘sir yetmagan.

O‘zbekistonda rasmiy xabarlarga ko‘ra¸ kamida 19 million mobil telefon foydalanuvchisi bor.
XS
SM
MD
LG