Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:47

Yevrovideniye tanlovi arafasida ozariy faollar talablar bilan chiqdi


Germaniyada o'tgan Yevrovidenie-2011 tanlovi g'oliblari ozarbayjonlik Eldor va Nigor.
Germaniyada o'tgan Yevrovidenie-2011 tanlovi g'oliblari ozarbayjonlik Eldor va Nigor.
Ozarbayjondagi bir qator inson huquqlari guruhlari Bokuda kelasi yil bo‘ladigan Yevrovideniye-2012 qo‘shiq tanlovi arafasida xalqaro jamoatchilik e‘tiborini mamlakatda ro‘y berayotgan huquqbuzarliklarga qaratishga bel bog‘lagan.

G‘oya tashabbuskorlari hukumatdan qo‘shiq tanlovi arafasida siyosiy maxbuslarni ozod etish, mamlakatda matbuot erkinligi vaziyatini yaxshilash va fuqarolik jamiyati faollari namoyish o‘tkazishlari uchun qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlashni talab etmoqda.

Ozarbayjonlik faol Laylo Yunus Ozodlik radiosi muxbiri bilan suhbatda bu borada qo‘shiq tanlovi tashkiliy qo‘mitasi raisi, Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva nomiga murojaat tayyorlanayotganini aytdi.

Eslatamiz, joriy yilda Germaniyada o'tgan Yevrovidenie-2011 tanlovida ozarbayjonlik duet Ell&Nikki (Eldor va Nigor) go'lib chiqgan edi. Yevrovidenie qonun-qoidalariga ko'ra, kelgusi yildagi tanlov g'olib chiqgan taraf tamsil etgan mamlakatda o'tadi.
XS
SM
MD
LG