Линклар

logo-print
2011 yilning 3 choragidan O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun tabiiy gaz narxini 14 foizga oshirdi.

Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib berilgan xabarlarga ko‘ra, o‘zbek gazi narxi har ming kub metr uchun 278,4 AQSh dollariga yetgan.

O‘zbekistonning "O‘ztransgaz" va Qirg‘izistonning "Qirg‘izgaz" shirkatlari o‘rtasida 2011 yil uchun imzolangan kelishuvda o‘zbek gazi narxi har kvartalda Yevropa bozoridagi narxlarga muvofiq shakllantirilishi ko‘zda tutilgani aytilgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, qo‘shni davlatdan olinayotgan tabiiy gaz narxining joriy yil 4 choragida yana oshishi kutilmoqda.

Bunga qadar O‘zbekiston tomoni Tojikiston uchun gaz narxini 35 AQSh dollariga qimmatlashtirgan va buning sabablari ham Yevropa bozorlarida narx oshgani bilan izohlangan edi.
XS
SM
MD
LG