Линклар

O‘zbekistondagi “Kamolot” yoshlar tashkilotining “Bunyodkor” otryadi a‘zolari ikki hafta ichida zilziladan shikastlangan 150 ta uyni qayta tikladi.

“Pravda Vostoka” gazetasi ma‘lumotiga ko‘ra, Farg‘ona Davlat politexnika univyersiteti, Qo‘qon davlat pedogigika instituti va bir qancha kollej talabalaridan iborat jami 150 nafar yosh talabalar zilziladan shikastlangan uylarni qayti tiklash ishlariga jalb qilingan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, joriy yilning 20 iyuliga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila oqibatida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bog‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 86 odam jarohatlangan edi.
XS
SM
MD
LG