Линклар

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 1,06 million yo‘lovchi tashidi.

Uzreport.com saytining xabar qilishicha, bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 foiz, ya‘ni bu yil 89,7 ming yo‘lovchi ko‘p tashilgan.

Xususan, xalqaro yo‘nalish bo‘yicha 2,9 foiz, MDH davlatlari bo‘yicha 15,4 foiz, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha 6,5 foizga ko‘paygan.

5 avgustdan kuchga kirgan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining “Aviatashish xizmatlarini tartibga solish me‘yorlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston aeroportlaridan xorijga uchaëtgan O‘zbekiston fuqarolari aviachiptalarni o‘zbek so‘mida¸ ammo xorijdan O‘zbekistonga qaytayotgan o‘zbekistonliklar ayni chiptalarni mamlakat ichkarisida faqat xorij valyutasida sotib olishlari lozim bo‘ladi.

Xorij fuqarolari esa¸ bundan buyog‘iga O‘zbekiston ichkarisida ham ichki¸ ham xalqaro parvozlar uchun chiptalarni faqat xorij valyutasida sotib olishga majburdirlar.
XS
SM
MD
LG