Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:44

O‘zbekiston amerikalik missionerlarni deportatsiya qildi


O‘zbekiston bir guruh AQSh fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Bu haqda xabar qilgan Regnum agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayangan holda, "amerikaliklar O‘zbekistonda protestant nasroniylikni targ‘ib qilgani uchun deportatsiya qilingan"ligini yozdi.

Ismi keltirilmagan O‘zbekiston rasmiysiga ko‘ra, Xiton Jon Artur ismli shaxs boshchilik qilgan missionerlar guruhi Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida baptizm g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Aytilishicha, Xiton Jon Artur O‘zbekistonga birinchi marta 2008 yilda Jahon Tillari Univyersitetida o‘qituvchilik qilgani kelgan. U “Lancaster International Trading Company, Inc”, “Litco”, “Osborne Trading Company, Inc” kabi xorijliklarga viza xizmatini ko‘rsatuvchi shirkatlarda ishlagan va missionerlarning O‘zbekistonga kirib kelishiga ko‘maklashgan.

Huquq-tartibot idorasidagi manba nomi keltirilgan tashkilotlarning boshqa xodimlari ham prozelitizm bilan shug‘ullanganini ma‘lum qilgan.
XS
SM
MD
LG