Линклар

Qirg‘izistonning Cho‘ngoloy tumani aholisi olti kundan beri Xitoy yuk tashish mashinalarini chegaradan o‘tkazmayapti.

Xitoy chegarasi yaqinida joylashgan Cho‘ngoloy tumanidagi Darovutqo‘rg‘on qishlog‘i aholisi mazkur hududdagi oltin konlari xitoyliklar tomonidan o‘zlashtirilayotganiga norozilik sifatida Xitoy yuk tashuvchi mashinalarining chegaradan o‘tishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

- Asosiy talabimiz, xitoyliklar konni yopib, o‘z mamlakatiga ketishsin. Qirg‘iz oltini xitoyliklar qo‘liga o‘tib ketishini istamaymiz, - dedi norozilar vakili Nurbek Tagayev.

Norozilar mahalliy hukumatning Xitoy yuk mashinalariga to‘sqinlik qilmaslik talabini e‘tiborga olishmayapti.
XS
SM
MD
LG