Линклар

Qirg‘iziston Moliya razvyedkasi terrorchi va ekstremist shaxslar hamda tashkilotlar ro‘yxatini tuzdi.

Mazkur ro‘yxat milliy va xalqaro deb nomlangan 2 qismdan iborat bo‘lib, uning milliy qismiga 51 terrorchi, 178 ekstremist shaxslar nomi, 8 terrorchi va 1 ekstremistik tashkilot kiritildi. Ro‘yxatning xalqaro qismiga esa 401 terrorchi ismi-sharifi, 46 terrorchi va 104 ekstremistik tashkilot nomi kiritilgan.

- Bu ro‘yxat terrorchilikni moliyalashtirilishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun asosida tuzildi. Hukumatning maxsus qarori bilan maxsus komissiya bir yil davomida mazkur ro‘yxatni ishlab chiqdi, - dedi Moliya razvyedkasi rasmiysi Berdibay Samatov.

Uning aytishicha, bu ro‘yxat sir tutiladi va faqat ro‘yxatga kiritilgan shaxslar faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilotlargagina oshkor qilinadi.
XS
SM
MD
LG