Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:37

Liviya isyonchilarining elchilari Londonga keldi


Liviya isyonchilarining boshliqlaridan biri Mustafa Abdel Jalil.
Liviya isyonchilarining boshliqlaridan biri Mustafa Abdel Jalil.
Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Liviya isyonchilarining O‘tish davri milliy kengashi vakillari Londondagi Liviya elchixonasida faoliyat boshlaganini e‘lon qildi.

Forin ofis rahbari Uilyam Heyg bayonotida "milliy kengash Liviyadagi yagona qonuniy hokimiyat organidir va shuning uchun Liviya elchixonasi ularning vakillari ixtiyoriga topishirildi", deyiladi.

Ayni paytda seshanba kuni Kanada Tashqi ishlar vaziri Jon Beyrd Muammar Qaddafiy rejimi diplomatlariga Kanada hududini tark etish uchun besh kun muhlat berilganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG