Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:52

Shimoliy Koreya yana Janubiy Koreyani o‘qqa tutdi


Janubiy Koreyadagi Yonhap yagentligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylari ikki tomon o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘lgan va Sariq Dengizdan o‘tadigan chegera hududlariga artilleriyadan uch marta o‘q uzgan.

Shimoliy Koreya bir kun ichida ikkinchi marta hujum qilayotgani aytilmoqda. Agentlik chegara oldi hudud aholisiga tayanib bergan xabarni rasmiylar izohlaganicha yo‘q.

Chorshanba kuni Janubiy Koreya floti, Sariq Dengizdan o‘tadigan chegara hududiga artilleriya o‘qi tushganidan keyin ogohlantiruv o‘q uzgan edi. Dengizdan o‘tadigan chegara ustidagi tortishuvlar keyingi yillarda talafotlarga sabab bo‘lgan bir nechta mojarolarni keltirib chiqargan.
XS
SM
MD
LG