Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:40

Karimov KXShT sammitiga yana bormaydi


O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 12-13 avgust kunlari Ostonada o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda muxbirlarga tashkilot bosh kotibi Nikolay Bordyuja ma‘lum qildi.

“Hozircha O‘zbekiston prezidenti uchrashuvda ishtirok etishi haqida menda ma‘lumot yo‘q. U bir muddat avval majlisda ishtirok etishga roziligini bergan edi, lekin bir necha kun oldin bundan bosh tortdi”, dedi Bordyuja.

Xabar agentliklariga ko‘ra, Karimovdan tashqari tashkilotga a‘zo davlatlar rahbarlarining barchasi sammitda ishtirok etishlarini tasdiqlagan.

Bordyujaning aytishicha, sammit ishtirokchilari Markaziy Osiy mintaqasida “vujudga kelgan vaziyat” va KXShT hududidagi vaziyatni muhokama qiladi.

Islom Karimov keyingi paytlarda O‘zbekiston 2006 yilda avgustida qayta qo‘shilgan tashkilot sammitlarida ishtirok etmay keladi.

O‘zbekistondan tashqari KXShTga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.
XS
SM
MD
LG