Линклар

Germaniya hukumati Yangiyo‘ldagi “Vkusniy xleb” nemis shirkatiga Milliy xavfsizlik xizmati uyushtirgan reyd xususida O‘zbekistonning Berlindagi elchisiga norozilik notasi topshirdi.

Farg‘ona.ru agentligining xabar qilishicha, 3 avgust kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili elchi Dilshod Axatovga topshirgan notada O‘zbekiston MXXsi mayori R. Siddiqov boshchiligidagi guruh harakatlaridan keskin ohangda norozilik bildirilgan. Germaniya hukumati bu harakatlar ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro hujjatlarga zid ekaniga oid noroziligiga javoban o‘zbek diplomati voqeadan bexabar ekanini aytgan. Og‘zaki nota 5 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti, hukumati va tashqi ishlar vazirligiga ham yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni O‘zbekiston huquq-tartibot idorasining qurollangan va qora niqob taqqan bir guruh xodimlari “Vkusnыy xleb” shirkatiga qarashli bir nechta binoga reyd uyushtirib, korxona eshiklarini muhrlab ketgan edi.

Toshkent va Yangiyo‘lda 20 ga yaqin do‘koni bo‘lgan “Vkusnыy xleb” 2007 yilda Germaniyaga qarashli “Steinert Industries GmbH&Co.KG” shirkatining yuz foizlik sarmoyasiga tashkil etilgan.
XS
SM
MD
LG