Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:43

Gulnora Karimova Nyu York Moda haftaligida qatnashadi


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 8-15 sentabr kunlari Nyu Yorkda bo‘ladigan Moda haftaligida yana qatnashadi. Bu haqda Yeurasianet sayti xabar qildi.

Mercedes Benz xomiylik qiladigan haftalikda Karimova o‘zining Guli brendi ostida adras, atlas, ipak va boshqa milliy matolardan tikilgan libos va taqinchoqlarini taqdim etadi.

Yeurasianet saytining yozishicha, Gulnora Karimovaning Nyu Yorkga tashrifi kunlari bolalar huquqlari uchun kurashuvchi tashkilotlar O‘zbekistonda paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanilishiga qarshi namoyish o‘tkazishni rejalaganlar.

O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatidan foydalanayotganini rad etib keladi. Biroq huquq faollariga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta terimida balog‘atga yetmagan bolalar mehnatidan foydalanish davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG