Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:04

Marhum Alisher Soipovning ukasi O‘shda kaltaklandi


Qirg‘izistonda otib o‘ldirilgan taniqli jurnalist Alisher Soipovning 26 yashar ukasi Shoxrux 10 avgus kuni kechqurun O‘sh aeroportida noma‘lum shaxslar tarafidan kaltaklagan.

Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri muovini Kursan Asanov ma‘lum qildi.

Janob Asanovga ko‘ra, hozirda mazkur xolat yuzasidan jinoyat kodeksining bezorilik bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, Shoxrux Soipovni kaltaklaganlar qidirilmoqda.

Shoxruxning o‘zi og‘ir tan jarohati bilan O‘sh shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shoxruxning akasi O‘shdagi o‘zbek tilida chop etilayotgan "Siyosat" ro‘znomasining asoschisi Alisher Soipov 2007 yil oktabr oyida O‘sh shahrida otib o‘ldirilgan edi.
XS
SM
MD
LG