Линклар

Moskvadagi eski aeroport hududida yuzlab O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari yashayotgani aniqlandi. O‘tgan yildan beri ishlatilmay kelgan “Bыkovo” aerodromi hududidagi yotoqxonada o‘zbek va tojiklar mutlaqo noinsoniy sharoitda yashab kelgan, deya xabar qildi Rossiya matbuoti.

Vyesti xabar agentligiga ko‘ra, mardikorlarning ko‘pchiligida hujjatlari bo‘lmagan.

Rossiya migratsiya xizmati rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari migratsiyaga doir qonunni buzganlikda ayblanmoqda va hozirda ularni deportatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Bыkovo” aeroporti o‘tgan yili yopilgan va bu inshootning yangi xo‘jayinlari uning hududida yangi omborlarni qurmoqda. Aytilishicha, o‘zbekistonlik va tojikistonlik mardikorlar aynan ana shu omborlarni qurishga jalb qilingan. Lekin ularning hech biri buni tan olmayapti va mardikorlar ish beruvchisini aniqlashning imkoni bo‘lganicha yo‘q, deya xabar qildi Vyesti agentligi.
XS
SM
MD
LG