Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama hayotiga tahdid qilganlik va M15 rusumli avtomatni noqonuniy saqlaganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi ayblarini tan olmasligini ma‘lum qildi.

“The Birmingham News” gazetasining xabar qilishicha, 21 yashar Ulug‘bek Qodirov bu haqdagi arizani sudga o‘z advokati orqali kiritgan.

Federal hakamlar hay‘ati o‘tgan oyda Qodirovga nisbatan ayblovlarni e‘lon qilgan.

AQSh prokurori Joys Uayt Vans Qodirov bir necha marta prezidentni o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytmoqda.

Sud protokoliga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 13 iyul kuni Alabama shtatining Birminghem shahridagi mehmonxonada o‘zini qurol savdogari, deb tanitgan Federal tergov byurosi maxfiy agentidan avtomat sotib olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Qodirov prezident hayotiga tahdid qilganlik uchun besh yil, qurol saqlaganlik ayblovi uchun 10 yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG