Линклар

logo-print

O‘zbekiston-Rossiya savdo aylanmasi 3 milliarddan oshdi


O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasining asosiy qismini neft va gaz sohasidagi kelishuvlar tashkil etadi.

O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasining asosiy qismini neft va gaz sohasidagi kelishuvlar tashkil etadi.

Joriy yil birinchi yarmida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo aylanmasi o‘tgan yil shu davriga nisbatan 572,6 million AQSh dollariga ko‘payib, 3 milliard 144 million dollarga yetdi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotiga asoslanib Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda va Toshkentning bu savdo aylanmasidagi hissasi 26,1 foizni tashkil qilmoqda.

O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 22,3 foizni tashkil qilgan edi. Ayni paytda Qozog‘iston (O‘zbekiston savdo aylanmasida 9,5 % hissaga ega), Xitoy (7,8%), Janubiy Koreya (6,5%), Turkiya (5,1%), Ukraina (2,5%), Afg‘oniston (2,5%), Germaniya (2,4%), Fransiya (1,9%) va Eron (1,7%) O‘zbekistonning 10ta asosiy savdo hamkorlari bo‘lib qolmoqda.
XS
SM
MD
LG