Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:50

Misrda Facebook ishlatgan inqilobchi ayol ayblanmoqda


Misr inqilobida aksil-hukumat namoyishchilar Facebook va Twitter kabi internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishgan edi. Ushbu surat Qohira shahrida namoyishlar o'tgan Tahrir maydonida olingan.
Misr inqilobida aksil-hukumat namoyishchilar Facebook va Twitter kabi internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishgan edi. Ushbu surat Qohira shahrida namoyishlar o'tgan Tahrir maydonida olingan.
Misr harbiy prokuraturasi taniqli faol ayol Asma Mahfuzni mamlakat oliy harbiy rahbariyatiga internetdagi ijtimoliy tarmoqlar, hususan Facebook orqali tuhmat qilganlikda hamda zo‘ravonlikka chaqiriqlar amalga oshirganlikda aybladi.

Aybloblarga ko'ra, Misr inqilobi arboblaridan biri sifatida tanilgan blogger Asma Mahfuz o'zining Facebookdagi sahifasida harbiylarga va mamlakat oliy harbiy rahbariyatiga qarshi "status"lar yozgan va tarmoqdagi misrliklarni zo'ravonliklarga chaqirgan. Bloggerning advokati fikricha, uning mijoziga qarshi e‘lon qilingan ayblov boshqa barcha faollarga qilingan ogohlantiruvdir.

Asma Mahfuz kecha so‘roq qilinganidan so‘ng 3500 dollar miqdoridagi garov puli evaziga qo‘yib yuborildi. Advokat Ali Atifning aytishicha, garov pulini Mahfuzning do‘stlari yig‘ib to‘lagan. Endilikda Mahfuz sudlov boshlangunicha ozodlikda yurishi mumkin.

Asma Mahfuz aybdor deb tan olinsa, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, yilning boshida Misrda sodir bo'lgan inqilob davomida aksil-hukumat namoyishchilar Facebook va Twitter kabi internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishgan edi.
XS
SM
MD
LG